Bu haqda “Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yoʻnalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish”gi mavzusidagi matbuot anjumanida Adliya vazirligi vakili aytib oʻtdi.

Mazkur tartib 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Demokratik islohotlarni amalga oshirishda davlat organlarining masʼuliyatini yanada oshirish, shuningdek, ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kengaytirish va samarali roʻyobga chiqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni loyihasida belgilanmoqda.

Shuningdek, loyihaga koʻra, davlat organlari, ularning hududiy boʻlinmalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar)lar hokimliklari rahbarlari tomonidan har bir tarmoq va hudud boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan hisobot berish (matbuot konferensiyasi, shu jumladan onlayn translyatsiya orqali) tartibi joriy etilmoqda.

Tarmoq va hudud boʻyicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan hisobot qanday asosiy qismlardan iborat boʻlishi qatʼiy oʻrnatilmoqda. Shuningdek, rahbar xodimlarning jurnalist va fuqarolar bilan jonli muloqot qilish boʻyicha koʻnikmalarini oshirish yuzasidan treninglar tashkil etilmoqda.

Bu haqda Adliya huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori Eldor Mahkamov boʻlib oʻtayotgan matbuot anjumanida qayd etdi