Mamlakatimizda pensionerlarni ijtimoiy qullab-quvvatlashni yana-da kuchaytirish, qariyalar va keksa yoshdagilarga har tomonlama gʻamxyplik qilish, fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti tizimini takomillashtirish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmokda.

Bugungi kunda davlat pensiyalarini tayinlashda 30 turdagi hujjatlar talab etiladi hamda ularni takdim etishga masʼul 14 dan ortik, vazirlik va tashkilotlarda idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va maʼlumotlar bazalari mavjud emasligi qogʻoz shaklida ish yuritishdan voz kechish va hujjatlarni yigʻish jarayonini raqamlashtirishga tusiqinlik qilib kelmokda.

Davlat pensiyalarini hisoblash uchun zarur maʼlumotlar elektron bazasini shakllantirish, ushbu jarayonni soddalashtirish, fuqarolarning ovoragarchiliklarini bartaraf etish, pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yana-da takomillashtirish, shuningdek, mazkur yunalishda sogʻlom raqobat muhiti va zamonaviy standartlarni joriy etish maqsadida:

2022-yil 1-yanvardan boshlab:

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa tulovlarni tulash har uch yilda alohida oʻtkaziladigan tender asosida tanlangan tijorat banki va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, tender asosida tanlangan tijorat banki yoki boshqa ixtisoslashgan tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga muvofik, pensiya va nafaqalarni naqd pulda mahalla fuqarolar yigʻnlariga, fuqarolarning yashash manzillariga yetkazib berish majburiyati yuklatiladi;

2022-yil 1-iyuldan boshlab:

davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy taʼlim muassasalaridagi oʻqish hamda harbiy xizmat davri toʻgʻrisidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi.

Bunda, pensiyaga chiqish huquqi paydo boʻlgan choqda ishlamaydigan fuqarolarga oʻzlarining mehnat daftarchalaridagi mehnat staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Bandlikka kumaklashish markazlariga murojaat qilish orqali “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish xizmati joriy etiladi;

davlat pensiyalarini tayinlash “Yagona milliy mehnat tizimi”ga kiritilgan elektron maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi. Bunda, mehnat staji, ish haqi, oliy taʼlim muassasalaridagi oʻqish hamda, harbiy xizmat davri tugrisidagi hujjatlar Pensiya jamgʻapmaci tomonidan “Yagona milliy mehnat tizimi”dan foydalangan holda elektron maʼlumotlar almashinuvi asosida olinadi;

davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etiladi.

Mazkur Qarorga asosan Davlat pensiya taʼminoti borasida koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini zamon talablariga muvofiqlashtirish, fuqarolarga pensiya va nafaqalarni tayinlashda yuzaga keladigan ortiqcha tulovlarning oldini olish hamda byudjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini taʼminlash maqsadida Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi apparati tuzilmasi, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlarining namunaviy tuzilmalari tasdiqlangan.

Bundan tashqari 2022-yil 1-iyulga qadar qariyalar va keksa yoshdagilar, imkoniyati cheklangan va nogironligi bulgan shaxslarga xizmat kursatishga moslashtirilgan Pensiya jamgarmasining binolari buyicha minimal talablarga asosan mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan har bir hududda bittadan Pensiya jamgʻapmacining mavjud binolari negizida “Namunali Pensiya jamgʻapmaci boʻlimi”ni tashkil etiladi.