Mamlakatimizda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishda oshkoralik, adolat va shaffoflik tamoyillari asosida zamonaviy talablarga javob beradigan samarali tizim yaratilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbarining o‘tgan yil 28- iyuldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu me’yoriy hujjatga ko‘ra, o‘tgan yilning 1 - oktyabridan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tarmog‘i orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llash tizimiga 14 ta tibbiyot muassasasi o‘tkazildi. Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Akademik Yo.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Bolalar milliy tibbiyot markazi shular jumlasidan. 

Mazkur ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga kvota asosida order berish tartibi bekor qilindi. Uning o‘rniga xalqaro tajriba — moliyalashtirishning yangi mexanizmi asosida bemorlarni hisobga olish va navbat asosida davolanishga yo‘llashning elektron axborot tizimi joriy etildi. Bu jarayonda imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga davolanish uchun yo‘llashda kasallikning og‘irlik darajasiga ko‘ra, axborot tizimi orqali navbatda turishning shaffof mexanizmlari amaliyotga tatbiq etildi. Shu tariqa bemorlarga o‘zining so‘rovi, murojaati hamda navbati haqidagi axborotni olish imkoni yaratildi. 

Bu o‘zgarishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad inson qadrini ulug‘lash, yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlashdir. Zero, so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar zamirida inson salomatligi asosiy o‘rinni egallaydi. Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, yoshlarni oliy tibbiy ta’limga qamrab olish, yosh mutaxassislar uchun sharoit yaratish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bir so‘z bilan aytganda, xalqni rozi qilish islohotlar mazmunidir.

Ayni vaqtda esa bemorlarga ularning kasalligiga muvofiq ixtisoslashtirilgan muas sasalarda davolanishni ta’minlaydigan yo‘llanmalar berilmoqda. Ushbu yo‘llanma axborot tizimida avtomatik tarzda shakllantiriladi. Bemor davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotida tibbiy xizmatlardan foydalanishni o‘zi ixtiyoriy tanlay oladi. 

Bu jarayonda Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bemor jamg‘arma bilan shartnoma tuzgan tibbiyot muassasasida davolangach, mazkur muassasaga bemorga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarni asoslovchi hujjatlarga ko‘ra, bazaviy narxlar doirasida sarflangan mablag‘ byudjet hisobidan to‘liq to‘lab beriladi. 

Tizimda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholiga qulaylik yaratish maqsadida 52 ta hududiy tibbiyot muassasasi bilan ham hamkorlik shartnomasi tuzilgan. Shu tariqa ularda ham moliyalashtirishning yangi mexanizmi yo‘lga qo‘yildi va bu orqali bemorlarning o‘z yashash hududida yuqori texnologik tibbiy yordam olishi uchun zarur sharoit yaratildi. Bunday imtiyozlardan unumli foydalangan bemorlarning vaqti va mablag‘i tejalmoqda. Eng muhimi, ularning poytaxtga kelib, ovora bo‘lishining oldi olinmoqda. 

Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnomasi mavjud davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotlari orasidan o‘ziga ma’qulini erkin tanlash huquqiga ega. Nodavlat tibbiyot tashkilotlari ko‘rsatadigan tibbiy xizmatlar uchun qo‘yiladigan talablar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan. 

Yaxshi yangiliklardan yana biri shuki, hozir Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida joylashgan o‘nga yaqin nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan shartnoma tuzilgan. Kelgusida Sog‘liqni saqlash vazirligining tavsiyasiga ko‘ra, bosh qa hududlardagi nodavlat tibbiyot muassasalari bilan ham shartnomalar tuzish ko‘zda tutilgan. Bunday muassasalarning imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga ko‘rsatgan yuqori texnologik tibbiy yordami xarajatlarini Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi qoplab beradi.