Tadbirda Sirdaryoda amalga oshirilayotgan tajriba-sinov loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, Jamgʻarma, aholi va tibbiy xizmat koʻrsatuvchi muassasalar oʻrtasidagi hamkorlik kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, seminarda xalqaro ekspertlar tavsiyalari asosida Jamgʻarmaning 2022-2024-yillarga moʻljalangan strategik rivojlanish rejasi loyihasi ishlab chiqildi.

Unda Jamgʻarma tomonidan hamda davlat tibbiy sugʻurtasi tizimini joriy qilishda istiqbolda amalga oshirilishi kutilayotgan barcha rejalar aks ettirilgan.