Jumladan, Toshkent viloyati hududida umumiy oʻrta taʼlim maktablari hamda davlat universitetini qurish uchun yer maydonlari ajratilgunga qadar loyihalashtirish ishlarini olib borishga ruxsat berildi.

Hujjatga koʻra:

  • viloyatning Toshkent tumani “Xalimkoʻp” MFY xoʻjaligi xaritasining “Koʻkterak Xosilot Fayz” massivi hududidagi 272-sonli konturida joylashgan 1,40 gektar va Zangiota tumani “Farobiy” MFY qishloq xoʻjaligi xaritasining Nazarbek massivi hududidagi 204-sonli konturida joylashgan 1,5 gektarda umumiy oʻrta taʼlim maktablarini;
  • Nurafshon shahar “Degantepa” MFY Nurafshon shahar bosh rejasiga muvofiq, qishloq xoʻjaligi xaritasining 451, 452, 463, 464, 469, 470-konturlardagi “Nurafshon Business City” chegarasiga tutash hududda joylashgan 6,2 gektar yer maydonida davlat universiteti qurilishiga yer maydonlari ajratilgunga qadar loyihalash ishlarini olib borish uchun tegishli hujjatlarini rasmiylashtirishga ruxsat berildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli hujjatni imzoladi.