Ekspertning fikricha, bugungi kunda terrorizm uchun qulay shart-sharoit yaratilishining oldini olishga qaratilgan ishlar jamoatchilik fikrini o'zgartirdi, terrorizmga qarshi “qat'iy” strategiyalarni amalga oshirishda nafaqat idoralararo, balki butun jamiyat yondashuvi muhim ahamiyatga ega.
Binobarin, “zo'ravon ekstremizm” atamasiga ta'rif berishdagi huquqiy bo'shliq hali-hamon jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda ekstremizmga qarshi yondashuv faqat huquqni muhofaza qilish idoralariga tegishli, degan qarash mavjud bo'lib, bu terrorizmga qarshi kurashga fuqarolik jamiyatini jalb etishga to'sqinlik qilmoqda.
Ekstremizmga qarshi kurash jarayonida gender mezonini kuchaytirishga ham jiddiy ahamiyat berish lozim. Zero, gender jihatlari hisobga olinmagan yoki noto'g'ri ishlab chiqilgan siyosat ijtimoiy guruhlar yanada kengayishiga olib keladi.
Ayni yo'nalishda EXHT vakillari “Liderlar toqatsizlik va zo'ravon ekstremizmga qarshi” (LIVE) tashabbusi orqali Janubi-sharqiy Evropa va Markaziy Osiyodagi fuqarolik jamiyatining 700 nafar vakili, ayollar, yoshlar va jamoat etakchilari bilan maslahatlashdilar.
Bundan tashqari, tashkilot Markaziy Osiyo aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil etgani uchun ekstremizmga qarshi kurashda yoshlarga alohida e'tibor qaratmoqda. Hozirgi kunda jadal rivojlanayotgan raqamli transformatsiya jarayonida yoshlar faol ishtirok etadi. SHu sababli, mediasavodxonlik va tanqidiy fikrlash qobiliyati onlayn radikallashuvning oldini olishda muhim o'rin tutadi.
Shu munosabat bilan EXHT davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari uchun, ayniqsa, yoshlarda mediasavodxonlik va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish bo'yicha o'quv moduli ishlab chiqmoqda.
Xullas, EXHT vakili Feyzo Numanaya ta'kidlaganidek, Toshkent konferentsiyasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning umumiy yo'lini belgilash, inson huquqi va asosiy erkinligi bilan bog'liq strategiyani ishlab chiqish va butun dunyo bo'ylab amalga oshirish uchun katta imkoniyat yaratadi.