Shuningdek, 2021-yil 23-iyuldan boshlab kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ–684-son Qonunida belgilangan asosiy prinsiplar – davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati, asoslanganlik, moliyaviy mablagʻlardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorlik va samaradorlik, tortishuv va xolislik, davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik kabi talablardan chiqmagan holda xarid jarayonlari tashkil qilinmoqda.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Xaridlar departamenti tomonidan xarid jarayonlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni jalb qilish hamda ularda inson omili taʼsiriga yoʻl qoʻymaslik maqsadida xaridlarni elektron shaklda oʻtkazish chora-tadbirlari koʻrilmoqda.

Qonunga muvofiq, umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 25 000 baravarigacha boʻlgan xaridlar elektron shaklda, yaʼni yagona elektron kooperatsion portal, elektron doʻkon yoki boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion savdolari orqali oʻzkazilmoqda.

Bundan tashqari, PQ-5171 qarorining ijrosi sifatida jamiyatda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

• jamiyatning yagona xaridlar siyosati ishlab chiqildi va xaridlar jarayoniga tadbiq etildi;

• xaridlar transformatsiyasi ofisi tashkil etildi;

• “KPMG” xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan jamiyatning xaridlar tizimi va forenzik boʻyicha audit xulosasi olindi. Ushbu audit xulosasida keltirib oʻtilgan tavsiyalar jamiyatning xaridlar tizimi transformatsiyasi jarayonida qoʻllaniladi.

Shuningdek, jamiyat mablagʻlaridan oqilona foydalanish va xarajatlarini optimallashtirish maqsadida boshlangan ishlar davom ettirilib, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida tuzilgan va tuzilishi koʻzda tutilgan shartnomalar doirasida jami 90,4 mlrd soʻm ekvivalentda mablagʻlar iqtisod qilinishiga erishildi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati