Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Cogʻliqni saqlash vazirligi hamda hokimliklar bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha hokimliklarda faoliyat yuritayotgan jami 5 744 nafar davlat fuqarolik xizmatchilari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Xizmatchilar 10 dan ortiq turdagi birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Tibbiyot xodimlarining xulosalariga koʻra, hokimlik xodimlari oʻrtasida ovqat hazm qilish organlari (surunkali gastrit), yurak qon tomir (arterial gipertoniya), asab tizimi (osteoxondroz), koʻz va endokrin (qandli diabet va semizlik) kabi kasalliklar aniqlandi.
Kasallik aniqlangan xodimlarga davolanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini koʻrish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli koʻrsatmalar yuborilgan.
Maʼlumot uchun, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat koʻrsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.