“Kaltakning ikki uchi bor”, deganlaridek, fuqaroga yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarlik vakolatli idora aybi bilan sodir etilganini qancha tushuntirilmasin, befoyda. Chunki, murojaatchi ariza tashlagan idorasidan haq-huquqini talab qiladi. Toʻgʻrisi, arizachi haq edi. Tizimda doimo fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari himoyasida koʻrsatilayotgan 148 turdagi davlat xizmati yuzasidan maxsus xabar va fuqarolarning ariza shikoyatlari boʻyicha xizmat tekshiruvlari oʻtkaziladi.
2020-yil davomida jami pandemiya boʻlishiga qaramay viloyat boʻyicha 15 ta tashkilotda oʻrganish oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida jami 842 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan vakolatli idoralarga jami 44 ta taqdimnoma, 189 nafariga ogohnomalar kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalar taʼsir chorasi natijasida vakolatli idoralarning 48 nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi, 6 nafari bilan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Shuningdek, boshqarma tomonidan 100 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Qoidabuzar tashkilotlarning eng peshqadami “Oʻztransgaz” korxonasi. Bu korxona aholiga davlat xizmatini koʻrsatishda 200 ta murojaat muddatini buzgan. Keyingisi Soliq idorasi- 144 ta fuqaroning haq-huquqlari, toʻgʻrirogʻi tadbirkorlarning imkoniyatini cheklagan. Uchinchi lider tashkilot - 111 nafar arizachaning davlat xizmat olishdagi huquqlarini buzgan idora hisoblanadi. Bu Sogʻliqni saqlash boshqarmasidir. Afsuslanarli tomoni, 74 ta murojaatda tijorat banklari aholini sarson qilgan, kutishga majbur qilgan. Hokimlik va ichki ishlar mutasaddilar ham qatordan quruq qolmaganlar, har ikki idora
36 tadan qoidabuzarlik sodir etganlar. Kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar 58 ta murojaat muddatini buzgan. Rosti roʻyxatda kadastr, maktabgacha taʼlim tashkiloti, energiya taʼminoti, bandlik, qurilish va arxitektura, ijtimoiy taʼminot idoralari ham bor.
Aslida tizim odamlarning yugur-yuguriga chek qoʻyish bois tuzilgan. Halqqa oson boʻlishi, bir enlik hujjat uchun oylab yurmasligi maqsadida tashkil etilgan. Murojaatlar yechimida qoʻl-qoʻlni tanimasligi, inson omilining aralashuvisiz hujjatlar egalariga yetib borishi uchun bor imkoniyatlar ishga solinayotgan bir paytda tizimga integratsiyalashgan idoralarning bu “oʻyini” ortiqcha. Endi uylab koʻring, vakolatli idora vakillari aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatini koʻrsatishda qoidabuzarlik holatini takrorlayversa, tayoqning har ikki uchi bir soha vakillariga tegaversa, yuqorida taʼkidlaganimiz tomosha koʻrniki, zamon zoʻrniki boʻlavermaydi?. Xulosa chiqarish oʻzingizdan. Qoidabuzar idora vakillari birinchi marta ogohlantiriladi, ikkinchi marta jarimaga tortiladi, uchinchi marta tegishli idoralarga taqdimnoma kiritiladi, toʻrtinchisida ishidan ayriladi. Yuqoridagi 6 nafar mehnat shartnomalari bekor qilingan xodimlar kabi....
Adxam Yarkulov
DXA Navoiy viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi