Davlat xizmatlari markazlari faoliyatidan aholi rozimi?

    “PricyewaterhouseCoopers” xalqaro kompaniyalar tarmogʻi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari faoliyati oʻrganildi.

    Xususan, Adliya vazirligi, Yevropa iitifoqi hamda BMT Taraqqiyot dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari koʻrsatishni yaxshilash va boshqaruv tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida “PricyewaterhouseCoopers” xalqaro kompaniyalar tarmogʻi tomonidan Davlat xizmatlari markazlari faoliyati oʻrganildi.

    “PricyewaterhouseCoopers” (PwC) konsalting va audit sohasida xizmat koʻrsatuvchi kompaniyadan biri boʻlib, 160-yildan ortiq vaqt davomida faoliyat koʻrsatib keladi.

    Kompaniyaning bosh qarorgohi Londonda joylashgan va bugungi kunda dunyodagi eng yirik toʻrtta auditorlik kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

    Oʻrganish suhbatlar, anonim soʻrovlar va “sirli mijoz” murojaatlari shaklida oʻtkazilib, unga Davlat xizmatlari markazlarining 100 dan ortiq xodimlari hamda 200 ga yaqin respondentlar jalb etildi.

    Olingan natijalarga koʻra 81 foiz foydalanuvchilar Davlat xizmatlari markazlari xodimlarining sifatli xizmat koʻrsatishlariga guvoh boʻlganliklarini, aksariyat “sirli mijoz”lar esa navbat kutmasdan darhol maslahat olganliklarini bildirib oʻtganlar.

    Kutishga toʻgʻri kelgan holatlar uzogʻi bilan 15 daqiqani tashkil etganligi qayd etilgan.

    Fuqarolarning katta qismi, yaʼni 90 foizi koʻrsatilayotgan xizmatlardan qoniqish hosil qilib, faoliyatni aʼlo baholar bilan baholashgan.