Seminar-treninglar davlat boshqaruvi sohasidagi muhim yoʻnalishlar boʻyicha, xususan “Davlat xizmatlarini monitoring qilish”, “Buyuk Britaniya Davlat xizmatida kadrlar faoliyatini baholash”, “Buyuk Britaniya Davlat xizmatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari”, “Buyuk Britaniya Bosh vazirining Siyosatni tatbiq etish guruhi yondashuvi (Markaziy nazorat mexanizmi)”, “Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qoʻmita faoliyati tizimi”, “Buyuk Britaniya hukumatida ustuvor yoʻnalishlarni belgilash va monitoring qilish” mavzularida oʻtkazildi.

Seminar-treninglar ishtirokchilarning koʻrsatilgan sohalarda boʻyicha Buyuk Britaniya tajribasini oʻrganish, qiziqtirgan savollar yuzasidan muhokamalar olib borish hamda oʻzaro fikr almashish orqali bilim va koʻnikmalarini mustahkamlashga, dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.

Maʼlumot uchun: 2021-yil 13-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tomonidan Hukumatlararo hamkorlik xizmati bilan hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolangan.

Memorandumda koʻrsatilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish maqsadida Adliya vazirligi uchun 2020-2021-yillarga moʻljallangan koʻmak dasturi ishlab chiqilgan.

Koʻmak dasturi doirasida joriy yilning 4-5 va 8-9-noyabr kunlari xorijiy ekspertlar ishtirokida vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun offlayn formatda 4 kunlik seminar-treninglar oʻtkazildi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.