Tadbirda fuqaro Z.P. Jomboy tumani “Sarqipchoq” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 80 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro D.ga 22 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 11 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.