Toshkent viloyatida yangi «Tashtermal» sanatoriysi ish boshladi

    2022-yil 11-iyun kuni Oʻzbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi qoʻllab-quvvatlashi ostida Toshkent viloyatida yangi «Tashtermal» sanatoriysi foydalanishga topshirildi. Sanatoriyning tantanali ochilishi Turizm va madaniy meros vazirining oʻrinbosari Nusratilla Zikrillayev ishtirokida boʻlib oʻtdi va u Bosh vazir oʻrinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimovning nutqini oʻqib eshittirdi.

    «Tashtermal» majmuasi hududida nafaqat zamonaviy talablarga javob beradigan sogʻlomlashtirish muolajasidan oʻtish, balki sport, yoga bilan shugʻullanish, SPA-muolajalar olish, restoranga borish, shaxmat, stol tennisi va boshqa mashgʻulotlar bilan vaqtni mazmunli oʻtkazish mumkin.

    Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar tufayli mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu oʻrinda, albatta, vazirlik bilan birga soha rivojiga hissa qoʻshib kelayotgan tadbirkorlarga katta rahmat!»– dedi A.Abduhakimov.

    «Tashtermal» yirik zamonaviy sogʻlomlashtirish majmuasi boʻlib, poytaxtdan 40 km uzoqlikda, Toshkent mineral suvlari qishlogʻida dengiz sathidan 540 metr balandlikdagi soʻlim goʻshada joylashgan. Sanatoriy 10 gektar maydonni egallagan boʻlib, uning hududida xonalar va tibbiyot majmuasi, suzish havzasi, terassalar, vannalar, ochiq dam olish maskanlari, restoranlar va sayyohlik maydonchalari va asosiy bino joylashgan. Sanatoriy bir vaqtning oʻzida 255 nafar mehmonni qabul qila oladi. Tibbiyot binosi Yevropa va AQSHdan keltirilgan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Majmua hududida konsertlar va filmlar namoyish etiladigan konsert zali mavjud.

    Sanatoriyda shuningdek bolalar maydonchasi, sport zali va sport mashgʻulotlari uchun qoʻshimcha jihozlangan maydonlar mavjud. Kurortning davolash asosi 1300 metr chuqurlikdagi gipertermal buloqdan olingan mineral suvdir. Sanatoriy profili asosan gastroenterologiya, endokrinologiya, kardiologiya, nevrologiya, dermatologiya, ginekologiya va urologiya hisoblanadi. Shu bilan birga, bu yerda “COVID-19”dan keyin reabilitatsiya qilish mumkin.

    Majmuada respublikaning turli hududlaridan kelgan oʻz sohasining yetakchi mutaxassislari jalb etilgan boʻlib, keng koʻlamli tibbiy muolajalar, mashqlar terapiyasi, lazer, suv ostida orqa miya tortishidan tortib, psixologik yordam va estetik kosmetologiyagacha boʻlgan keng koʻlamli muolajalar amalga oshiradi. Dam olish maskanida 16 oʻrinli massaj xonalari mavjud.

    «Tashtermal» sanatoriysining asosiy afzalligi yuqori sifatli xizmatdir: har bir mehmonga maksimal darajada eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatiladi. Mehmonlarga “bufet” tizimi boʻyicha kuniga uch marta ovqatlanish taklif etiladi, bu yerda turli xil ovqatlar mavjud. Har bir xonada farovon yashash uchun zarur boʻlgan barcha sharoitlar bilan bir qatorda, goʻzal manzaraga olib chiquvchi balkonlar mavjud. Zallarda dam olish maskanlari va fito-barlar mavjud boʻlib, ularda istalgan vaqtda sogʻlom gazak yeyishingiz mumkin.

    Har bir bemorga dastlab tashxis qoʻyiladi, soʻngra unga mutaxassislarning hushyor nazorati ostida oʻtkaziladigan zarur amaliyotlar qoʻllanadi. Davolashning oʻzi bilan bir qatorda, kompleks mutaxassislar tomonidan umumiy mustahkamlash, yoshartirish tartib-qoidalariga katta eʼtibor beriladi.