Shu munosabat bilan Vaxabov Davron Abdujalolovich nomzodi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasiga ma’qullandi va bu taklif Prezidentimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
D.Vaxabov – yosh va malakali, to‘qimachilik sanoatida loyihalarni shakllantirish, texnologik jihatdan mukammallashtirish va mahsulot sifatini oshirishda katta tajribaga ega.
Davlatimiz Rahbari D.Vaxabovga katta ishonch bildirgani bejiz emas. U tomonidan olib borilgan loyihalar chuqur bilim va tajribaga tayangan. Aynan to‘qimachilik sanoatida loyihalashtirishni, mahsulot marketingi va jahon bozorida raqobatni olib borishni tubdan bilishi va tajribaga ega ekanligi, shu bilan bir qatorda, tadbirkor sifatida soha muammolarini his qila olishi Prezidentimiz tomonidan sanoat rivojida katta omil bo‘lishi ta’kidlandi.
Hozirga qadar D.Vaxabov tomonidan «Oqsaroy tekstil» , «Zarbdor Tekstil», «Oqsaroy Vorteks», «Osteks Tekstil Jizzax», «Sardoba Oqsaroy Tekstil» kabi yirik to‘qimachilik loyihalarini amalga oshirilib, muvaffaqiyatli boshqarib kelinmoqda.