Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.A. boshqa bir fuqaro F.ning ishonchiga kirib, unga Bekobod tumanida joylashgan “J.” dehqon xoʻjaligiga qarashli 16 sotix yer maydonini firibgarlik yoʻli bilan sotishga kelishib, keyinchalik hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 9 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.