Chunki yer suvsiz qolsa — hosil soʻnadi, yaylov suv koʻrmasa — chorva ozadi. Shuning uchun boʻlsa kerak, keksalar bu yil koʻklamda yomgʻir moʻl boʻlishini soʻrab, duoga qoʻl ochdi. Axir oʻtgan yili qurgʻoqchilikdan tap-taqir boʻlib ketgan yaylovlar yana oʻt-oʻlan bilan qoplanib, dasht yana jonlanishini hamma kutib turibdi.

Chorvadorlar umid bilan osmonga qara­yapti. Chunki yaylov tiklansa — chorva boqi­ladi, chorva boʻlsa — tirikchilik yuradi. Aks holda, ha, har bir ishning yaxshi tomonini koʻrish kerak, deyishadi. Ammo bugun yaylov masalasi chorvadorlarni jiddiy tashvishga solayotgani ham haqiqat. Soʻnggi yillarda tartibsiz foydalanish, meʼyorlarga amal qilmaslik va eʼtiborsizlik oqibatida koʻplab yaylovlarda mol boqish qiyinlashib qol­di. Natijada ayrim hududlarda chorvachilik daromad manbai boʻlishdan koʻra, ortiqcha tashvishga aylanib bormoqda.

Achinarlisi shundaki, yaylovlar yoʻqolib borayotgani koʻpincha koʻzga tashlanmaydi. Ular bir kunda emas, asta-sekin, yillar da­vomida yemiriladi. Bugun oʻt chiqmayotgan yer ertaga chang bosgan sahroga aylanadi. Bu esa nafaqat chorvadorning, balki butun jamiyat­ning yoʻqotishidir. Zero, yaylov faqat chorva boqiladigan maydon emas, balki oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq aholisining bandli­gi va ekologik muvozanatni taʼminlovchi muhim resursdir.

Bugun yaylovni asramasak, ertaga chorvani, undan keyin esa butun oziq-ovqat zanjirini yoʻqotish xavfi tugʻiladi. Demak, yaylov ma­salasi bugun qishloq ahli muammosi emas, balki milliy manfaatlar bilan chambarchas bogʻliq strategik masalaga aylanmoqda.

Aynan shu voqeliklar — yaylovlar taq­diri, yerga munosabat va oziq-ovqat xavfsiz­ligi bilan bogʻliq masalalar bugun davlat siyosati markaziga chiqayotgani bejiz emas. Zero, tabiat bergan imkoniyatlarni taso­difga tashlash yoki mavsumiy omillargagi­na bogʻlab qoʻyish orqali barqaror natijaga erishib boʻlmaydi. Shu bois, yaylovlardan foydalanish, ularni tiklash va samarali boshqarish masalasi endilikda tizimli, il­miy asoslangan hamda uzoq muddatli yechim­larni talab etmoqda.

Ana shunday yondashuv doirasida davlati­miz rahbari 9-fevral kuni qishloq xoʻja­ligida yangi yerlarni oʻzlashtirish va sohada ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Yigʻilishda yaylovlar, sugʻorish tizimlari va agrar ilm-fanni rivojlantirish masalala­ri koʻrildi.

Soʻnggi besh yilda amalga oshirilgan irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari mam­lakatimiz qishloq xoʻjaligi salohiyatini yangi bosqichga koʻtarishda muhim qadam boʻl­di. Shu davr mobaynida 826,5 ming gektar yer qishloq xoʻjaligi foydalanishiga kiritil­di: shundan 409 ming gektari sugʻoriladigan yer, 418 ming gektari esa lalmi va yaylov hi­soblanadi. Yaylov va lalmi yerdan samarali foydalanishda yer osti suvidan toʻliq va oqilona foydalanish hamda kam suv talab qiladigan ekinlarni joylashtirish muhim ahamiyat kasb etdi. Bu natijalar nafaqat yer­ning iqtisodiy qimmatini oshirdi, balki barqaror va masʼuliyatli yer munosabatini ilgari surdi.

2030-yilgacha rejalashtirilayotgan 938 ming gektar yaylov oʻzlashtirish va holatini yaxshilash choralari esa uzoq muddatli strate­gik qadamning amaliy ifodasidir. Xususan, 2026-2027-yillarda 620 ming gektar yaylov tiklanishi, shundan 300 ming gektarida yay­lov oʻsimliklari ekilishi, 130 ming gekta­rida quduqlar qazilishi koʻzda tutilgan. Bu tadbirlar 960 ming bosh mayda shoxli mol boqish, goʻsht va jun ishlab chiqarish hajmi­ni oshirish imkonini beradi, shuningdek, yaylovlarning barqarorligi orqali oziq- ovqat xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Yangi yerni oʻzlashtirishda har bir hudud boʻyicha aniq investor va loyiha asosida ish tashkil qilish talab etilishi esa barqa­ror va samarali natijalarga erishishning muhim shartidir. Yerdan tasodifiy yoki nazoratsiz foydalanish orqali qisqa mud­datli samaraga erishish mumkin boʻlsa-da,

lakatimiz qishloq xoʻjaligi salohiyatini yangi bosqichga koʻtarishda muhim qadam boʻl­di. Shu davr mobaynida 826,5 ming gektar yer qishloq xoʻjaligi foydalanishiga kiritil­di: shundan 409 ming gektari sugʻoriladigan yer, 418 ming gektari esa lalmi va yaylov hi­soblanadi. Yaylov va lalmi yerdan samarali foydalanishda yer osti suvidan toʻliq va oqilona foydalanish hamda kam suv talab qiladigan ekinlarni joylashtirish muhim ahamiyat kasb etdi. Bu natijalar nafaqat yer­ning iqtisodiy qimmatini oshirdi, balki barqaror va masʼuliyatli yer munosabatini ilgari surdi.

2030-yilgacha rejalashtirilayotgan 938 ming gektar yaylov oʻzlashtirish va holatini yaxshilash choralari esa uzoq muddatli strate­gik qadamning amaliy ifodasidir. Xususan, 2026-2027-yillarda 620 ming gektar yaylov tiklanishi, shundan 300 ming gektarida yay­lov oʻsimliklari ekilishi, 130 ming gekta­rida quduqlar qazilishi koʻzda tutilgan. Bu tadbirlar 960 ming bosh mayda shoxli mol boqish, goʻsht va jun ishlab chiqarish hajmi­ni oshirish imkonini beradi, shuningdek, yaylovlarning barqarorligi orqali oziq- ovqat xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Yangi yerni oʻzlashtirishda har bir hudud boʻyicha aniq investor va loyiha asosida ish tashkil qilish talab etilishi esa barqa­ror va samarali natijalarga erishishning muhim shartidir. Yerdan tasodifiy yoki nazoratsiz foydalanish orqali qisqa mud­datli samaraga erishish mumkin boʻlsa-da, ilmiy asosda boshqarilgan yerlar uzoq mud­datli ijtimoiy va iqtisodiy qimmatga ega boʻladi.

Shu bilan birga, yigʻilishda qishloq xoʻ­jaligida ilm-fanni yangi bosqichga olib chiqish uchun institutsional infratuzilma­ni oʻzgartirish zarurligi alohida qayd etil­di. Bu maqsadda sohadagi 22 ta ilmiy mar­kaz, 260 ta laboratoriya hamda 2,5 mingdan ortiq olim va ilmiy xodimni yagona tuzilma — Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasiga birlashtirish rejalashtirilmoqda. Ushbu qaror tadqiqotlar va amaliyotni bir yoʻna­lishda muvofiqlashtirib, qishloq xoʻjali­gi sohasida ilmiy va samarali yondashuvni taʼminlaydi.

Bu jarayonlar yerdan oqilona foydalanish, yaylovlarni tiklash va samarali boshqarish, qishloq xoʻjaligida ilm-fanni mustahkam­lash va kadrlar salohiyatini rivojlantirish­ni oʻz ichiga oladi. Har bir qadam moddiy na­tija va ahamiyatga ega: yer va insonning uzviy aloqasi, barqaror rivojlanish va kelajakka masʼuliyatni namoyon etadi.

Zamonaviy qishloq xoʻjaligi faqat yer­dan foydalanish va hosil olish emas, balki ilm-fan, texnologiya va inson kapitalini uygʻunlashtirish bilan ham chuqur bogʻliq. Shu nuqtayi nazardan, taqdimotda Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi faoliyati­ning ustuvor yoʻnalishlari sifatida bio­texnologiya va molekulyar biologiya, gen muhandisligi va gibrid urugʻchilik, “aqlli” qishloq xoʻjaligi, kosmik va dron texnolo­giyalari, yer degradatsiyasi va sogʻlom tuproq, organik qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, veterinariya hamda raqam­li qishloq xoʻjaligi sifatida belgilash taklif etildi. Bu yoʻnalishlar ilmiy izla­nishlarning chuqurligini, amaliyotga yaqin va natijali yechimlarni yaratish imkoniyati­ni ham anglatadi.

Akademiya faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar esa ilmiy va amaliy ishlarni birlashtirib, qishloq xoʻjaligida samaradorlikni oshi­rishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, kela­jakning agrar salohiyatini taʼminlash uchun kadrlar tayyorlash masalasi alohida ahami­yatga ega ekani taʼkidlandi. Hozir Toshkent davlat agrar universitetida 13,6 ming tala­ba tahsil olayotgan boʻlsa-da, ularning ama­liyot bilan bogʻliqlik darajasi yetarli emas, bitiruvchilarning atigi 55 foizi faqat oʻz sohasida ishlashi haqiqatni koʻrsatadi.

Shu bois, taʼlim, ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarishni uzviy bogʻlaydigan tizim yaratish hamda mehnat bozori talablariga mos ravishda yetuk mutaxassislar tayyorlash vazifasi qoʻyildi. Masalan, kelgusida uni­versitet talabalarining 6,8 ming nafari ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, korxonalar va agroklasterlarda, 2,6 mingdan ortiq ta­laba esa Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizi­midagi 22 ta ilmiy-tadqiqot institutida amaliyot oʻtaydi. Bu tizim talabalarni naza­riy bilim bilan taʼminlab qolmay, ularni zamonaviy texnologiya va ish tajribasi bi­lan ham boyitadi.

Shuningdek, fermerlar va ularning xo­dimlari farzandlarining test sinovlarida belgilangan ballarga yeta olmagan taqdirda, kamaytirilgan toʻlov-kontrakt asosida uni­versitetga qabul qilish hamda yettita taʼ­lim yoʻnalishi boʻyicha oʻqish davomiyligini 4 yildan 3 yilga qisqartirish taklif qi­lindi. Bu tadbirlar talabalarni amaliyotga tezroq qoʻshish va ularning zamonaviy texni­ka, masalan, traktorchi-mashinist guvohno­masi va agrodronlardan foydalanish koʻnik­malarini mustahkamlash imkonini beradi.

Qishloq xoʻjaligi sohasida ilmiy bilim va amaliyotni uygʻunlashtirish, talabalarni zamonaviy texnologiyalar bilan bogʻlash va ularni sohada faol ishlay oladigan muta­xassisga aylantirish orqali yerdan samara­li foydalanish va agrar salohiyatni rivojlantirish bir-biri bilan uzviy bogʻlangan strategik vazifaga aylanmoqda. Bu esa yer, inson va ilm-fan oʻrtasida uzviy bogʻliq­likni anglatadi hamda kelajak uchun barqa­ror va samarali agrar tizimni shakllanti­rishning asosi hisoblanadi.

Yigʻilishda zamonaviy texnologiya va ilm-fan bilan birga Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyati ham muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Oʻtgan yili 44 ming gektar samarasiz yer­larda intensiv va sanoatlashtirilgan bogʻ hamda tokzorlar tashkil etilib, 37 ming yangi ish oʻrni yaratildi. Bu mahalliy aholi uchun iqtisodiy foyda keltirdi, shuningdek, agrar salohiyatni kengaytirishda muhim strategik qadam boʻldi.

Tashkil etilgan bogʻ va tokzorlar 2027-yildan hosil berib, yillik 660 million dollarlik meva-sabzavot eksport qilish imkoniyatini yaratadi. Masalan, Soʻxda 500 gektar olma, malina va oʻrik, Termizda 164 gektar oʻrik va shaftoli, Ohangaronda 309 gektar, Bulungʻurda 550 gektar hamda Quva­da 60 gektar yerda uzumning “Avatar” navi, Popda esa 504 gektar shaftoli va olxoʻri plantatsiyalari tashkil qilindi. Bu raqam­lar koʻrsatadiki, mahalliy resurslarni oqilona foydalanish orqali ichki ehtiyoj va eksport salohiyati sezilarli darajada oshiriladi.

Kelgusi yillarda bu ishlar davom etti­rilishi, joriy yilda yana 25,5 ming gektar mevali bogʻ va 5 ming gektar uzumzor tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shu bilan bir­ga, 48 ming doimiy va mavsumiy ish oʻrni yaratish koʻzda tutilmoqda. Bu esa agrar sek­torni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ham mustahkamlashni taʼminlaydi.

Mamlakatimizga har yili 60 million dollar qiymatida koʻchatlar import qilini­shi hamda uni mahalliy shartlarda, Yevropa standartlariga muvofiq tayyorlash imko­niyati mavjudligi taʼkidlandi. Bu borada agentlik 200 dan ortiq meva turining vi­rusdan xoli, yuqori hosilli onalik navlari kolleksiyasini yaratdi. Ushbu meva turlari­ni koʻpaytirish va barcha hududlarga yetkazib berish maqsadida Bektemir tumanida 50 gek­tar, Yuqorichirchiq tumanida esa 75 gektar “in-vitro” laboratoriyalari va onalik koʻchat­xonalardan iborat majmualar tashkil etil­moqda. Yil yakuniga qadar ushbu majmualar ishga tushirilib, yiliga 27 million dona koʻchat tayyorlash vazifasi qoʻyildi.

Agrosanoatni rivojlantirish agentli­gining bu boradagi ishlari meva-sabzavot hosilini koʻpaytirish, eksport salohiyatini oshirish va ish oʻrinlari yaratishga xizmat qiladi, shuningdek, yer va resurslardan uz­viy va samarali foydalanishning barqaror modelini namoyon etadi. Mazkur jarayonlar, oʻz navbatida, mamlakatning agrar rivojla­nishi va oziq-ovqat xavfsizligini taʼmin­lashga xizmat qiladi.

Har bir qadam — yerni samarali oʻzlashti­rishdan to ilmiy tadqiqot va kadr salohiya­tini rivojlantirishga qadar — mamlakati­miz qishloq xoʻjaligi siyosatining uzviy va oqilona tizimini shakllantiradi. Bu jara­yonlarda asosiy gʻoya shundan iboratki, yer va inson, ilm-fan va texnologiya, iqtisodiyot va ijtimoiy taraqqiyot bir-biri bilan uz­viy bogʻlangan.

Yaylovlarni tiklash, zamonaviy agrotex­nika va dron texnologiyalaridan foydala­nish, gen muhandisligi va biotexnologiyalar orqali mahsuldorlikni oshirish, oliy taʼ­lim va ilmiy tadqiqotlarni amaliyot bilan uygʻunlashtirish — barchasi barqaror agrar rivojlanish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi. Shuningdek, meva-sabzavot bogʻlari va tokzorlarni tash­kil etish, koʻchatlarni mahalliy sharoitda tayyorlash va eksport salohiyatini oshirish orqali iqtisodiy va ijtimoiy samara ham yaratiladi.

Sardor TOLLIBOYEV,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri