Buning natijasida tizimga 15,7 mlrd soʻm zarar keltirilganligi maʼlum boʻldi. Ushbu hajmdagi elektr energiyasi oʻrtacha 177 mingdan ortiq xonadonning bir oylik yoki Sirdaryo viloyati isteʼmolchilarining bir haftalik elektr energiyasi isteʼmolini tashkil qiladi.
Noqonuniy foydalanishning eng koʻp holatlari ayniqsa Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.
Masalan, Samarqand viloyatidagi “Maroqand sifat tekstil” MCHJda 2,3 mlrd soʻm, Toshkent viloyatidagi “Spring Kolours Industriy” MCHJda 1,4 mlrd soʻm , Andijon shahridagi “F.X.S” MCHJda 684,17 mln soʻm qayta hisoblash ishlari amalga oshirildi.
Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.