“Delta” koronavirusga qarshi kurashishda vaziyatni qiyinlashtirmoqda — JSST

    COVID-19ga qarshi kurashishda test topshirish hamda vaksinatsiya darajasining pastligi COVID-19ga qarshi kurashishni qiyinlashtirmoqda, deb yozadi focus.ua.

    Oʻtgan hafta Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan koronavirusga chalinish bilan bogʻliq deyarli 4 millionta yangi holat aniqlandi. Jarayonlar shu taxlit davom etsa, yaqin ikki hafta ichida umumiy kasallanganlar soni 200 million nafardan oshishi mumkin. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adxan Gebreyesus oʻz hisobotida qayd etdi.

    “JSST tashkilotining besh minaqasida soʻnggi toʻrt hafta mobaynida koronavirusga chalinish koʻrsatkichi 80 foizga, yaʼni ikki baravarga oshdi. Afrikada bu vaqt ichida oʻlim koʻrsatkichi 80 foizga yuqorilagan”, deb yozdi Gebreyesus. U bunday salbiy koʻrsatkichlarga bugungi kunda 132 mamlakatga tarqalgan “Delta” shtammining avj olayotgani ham sabab boʻlayotganini qayd etdi.