Oʻrganish Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Bosh prokuratura va boshqa mutasaddi davlat idoralari bilan hamkorlikda olib bordi. 

Oʻrganish jarayonida “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi hududida daraxtlarni nobud qilish, yer ajratish va undan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq koʻplab holatlar aniqlandi. 

Aniqlangan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 198-(ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va 205-(hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 

Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.