Biroq oilaviy kelishmovchiliklar sababli turmush oʻrtogʻining uyidan chiqib ketishga majbur boʻlgan ona farzandining diydoridan ham uzoqlashtirildi.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Denov tumanlararo sudida bolani olib berish toʻgʻrisidagi daʼvo ariza taraflar va xolislar ishtirokida koʻrib chiqilib, voyaga yetmagan farzand koʻproq ona mehriga va tarbiyasiga muhtojligini inobatga olgan holda bolani ona tarbiyasiga qaytarish zarurligi belgilandi.

Mazkur sudning ijro hujjati Byuroning Denov tuman boʻlimi ish yurituviga qabul qilinib, 2019-yil sentyabr oyida tugʻilgan bolani ona tarbiyasiga olib berish yuzasidan ijro harakatlariga kirishildi.

Boʻlim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida tegishli organlar vakillari va xolislar ishtirokida voyaga yetmagan 5 yoshli qizaloq sogʻ-salomat ona tarbiyasiga olib berildi va ijro hujjati ijrosi amalda tamomlandi.