Uchrashuvda xorijiy tomondan “Dentons” kompaniyasining suveren maslahatchi huquqshunoslari Nkolas Jorj va Adil Mumtaz Koxarlar ham ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi B. Raximov tomonidan Oʻzbekistonda huquqiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ushbu jarayonda Adliya vazirligining tutgan oʻrni va roli haqida batafsil maʼlumot taqdim qilindi.
Shuningdek, Oʻzbekistonda qulay investitsion muhitni shakllantirish, tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash, mediatsiya hamda xalqaro tijoriy arbitraj institutlarini rivojlantirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari haqida toʻxtalib oʻtildi.
Mehmon Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, unda Adliya vazirligining huquq sohada yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlardagi rolini alohida taʼkidladi. U oʻzining suveren huquqiy maslahatchi sifatidagi faoliyati haqida toʻxtalib, Pokiston, Rossiya, Venesuyella hamda boshqa bir qator davlatlar hukumatlariga koʻrsatgan huquqiy koʻmaklari toʻgʻrisida maʼlumot berdi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.