Deputat ko'magi bilan farg'onalik ayol o'z uyiga to'liq egalik huquqini oldi

    Ayol o'zi yashayotgan xonadonni 1995 yilda Manzuraxon Nasriddinova ism-sharifli fuqarodan qonuniy yo'l bilan sotib olgan.

    Manzuraxon ergasheva Farg'ona viloyati Buvayda tumanidagi YAngiqo'rg'on mahallasida istiqomat qiladi. Ayol o'zi yashayotgan xonadonni 1995 yilda Manzuraxon Nasriddinova ism-sharifli fuqarodan qonuniy yo'l bilan sotib olgan. Oradan o'tgan yillar davomida fuqaro M.ergasheva mazkur uyda xotirjam yashab kelgan. Ammo xonadon sobiq egasining turmush o'rtog'i to'satdan paydo bo'lishi uning xotirjamligini buzdi.

    Muammo shundaki, bugun paydo bo'lgan “turmush o'rtoq” rafiqasining uy oldi-sotdisi bilan bog'liq savdo ishidan xabari yo'qligini aytib iddao qilmoqda. Ushbu xonadonda o'zining ham ulushi borligini da'vo qilayotgan erkak, vaholanki, uyning sobiq sohibasi M.Nasriddinova bilan 1988 yilda qonuniy ajrashgan. Buning ustiga M. Nasriddinova bundan ikki yil avval vafot etgan. Demak, sobiq ayolining vafotini bilgani uchun ham sobiq “xo'jayin” tap tortmay da'vo bilan chiqqan.

    Boshi berk ko'chada qolgan uyning hozirgi sohibasi M. ergasheva so'nggi najotni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Ibragimovadan so'radi. Fuqaro tuman MIBdan kelib bezovta qilishlaridan zada bo'lgan, oldi-sotdi hujjatlaridan kamchilik qidirib charchamayotgan mas'ullarning ishlaridan allaqachon tushkun axvolda. O'zi sotib olgan uyning muammosi oradan 20 yil vaqt o'tib endi kelib chiqayotganligidan xayratda.

    – Fuqaroning holati yaqindagina ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirgan namanganlik ayolning muammosiga o'xshaydi, – deydi deputat Mavludaxon Ibragimova. – Har qanday vaziyatning yomonini o'ylanmasa, yaxshilikka erishish qiyin. Masalani har taraflama o'rganib, ijobiy echim topishga harakat qildik. Mutasaddi rahbarlar, mas'ul tizim va mahalliy hokimlik vakillarining ko'magi bilan xonadon egasi o'z uyiga to'liq egalik huquqini oldi.