“Devis Kubogi”: Bugun Oʻzbekiston jamoasi AQSHlik tennischilar bilan bahsga kirishadi

    Bugun Oʻzbekiston tennis terma jamoasi “Devis Kubogi”ning jahon saralash bosqichi doirasida AQSHga qarshi kortga chiqadi.

    Bugun mazkur qarama-qarshilik doirasida ikkita yakkalik oʻyini oʻtkaziladi.

    3-fevral kuni boʻlib oʻtadigan oʻyinlar:

    Sergey Fomin (Oʻzbekiston) — Makkenzi Makdonald (AQSH);
    Humoyun Sultonov (Oʻzbekiston) — Tommi Pol (AQSH).

    4-fevral kuni oʻtkaziladigan oʻyinlar:

    Sanjar Fayziyev/Sergey Fomin — Ostin Kraychek/Ram Rajiv;
    Sergey Fomin (Oʻzbekiston) — Tommi Pol (AQSH);
    Humoyun Sultonov (Oʻzbekiston) — Makkenzi Makdonald (AQSH).

    Eslatib oʻtamiz, bugungi uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da boshlanadi. Bahslar poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari yopiq kortlarida oʻtkaziladi.