Unda yosh kinoijodkorlar oʻzlarining qisqa metrajli filmlari bilan qatnashib, munosib oʻrinlarni egallashdi. Hakamlar hayʼati tarkibi tajribali kinoshunos va rejissyorlardan tashkil topdi.
Kinofestivalning bu yilgi bosqichida 28 ta oʻzbek qisqa metrajli filmlari orasidan 4 ta film gʻolib deb topildi va ushbu filmlar DigiCon6 Asia-2020 kinofestivalida qatnashadi. Bular:
“Qurt” filmi – rejissyor A.Samugdjanov (601 ball, Oʻzbekiston, oltin uchun);
“Larisa” filmi – rejissyor S.Maʼsudxonov (592 ball, Oʻzbekiston, kumush uchun);
“Konsert” filmi – rejissyor A.Abdullayev (581 ball, Oʻzbekiston, kumush uchun);
“Yer qadri” filmi – rejissyor M.Ergasheva (562 ball, Oʻzbekiston, “Kelajak avlod” nominatsiyasi uchun)
Festival joriy yil kuzida Yaponiyaning Tokio shahrida oʻtkaziladi.