Dilorom Turdiqulova Parij-2024 Olimpiadasida hakamlik qiladi

    Sport 11 Dekabr 2023 585

    Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishlaydigan hakamlar roʻyxatini eʼlon qildi.

    Quvonarlisi, ular orasida hamyurtimiz, xalqaro toifadagi hakam Dilorom Turdiqulova ham bor.

    Turdiqulova boʻlajak Olimpiadada shpaga yoʻnalishidagi bellashuvlarni boshqarib boradi. 2018-yildan beri xalqaro musobaqalarda faoliyat olib borayotgan yurtdoshimiz koʻplab nufuzli turnirlar, Osiyo oʻyinlari va qitʼa chempionatida ishlagan. Joriy yil Milanda oʻtgan dunyo birinchiligida ham shpaga yoʻnalishidagi final bahslarida referelik qildi.