Tadbirda byuro jamoasi va respublikamizning maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga masʼul qator tashkilotlari vakillari qatnashdi.
Anjuman ishtirokchilari yurtimizda diniy-maʼrifiy sohaning taraqqiyoti va yuksalishi, bu yoʻnalishda yangidan-yangi xayrli islohotlar davom etayotganligi, sohani tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni zamon talabiga moslashtirish borasida tizimli saʼy-harakatlar olib borilayotganini taʼkidladi. “Dunyo” AA muxbirining qayd etishicha, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Hadis ilmi maktabi kabi yangi muassasalarning tashkil etilgani, hadis, kalom, fiqh va tasavvuf maktablariga asos solingani, oʻnlab yangi masjidlar ochilayotgani bu boradagi ishlar koʻlami nechogʻli keng ekanidan dalolat berishi aytib oʻtildi.
Bugungi kunning dolzarb masalalariga bagʻishlangan foydali va mazmunli muloqot yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.