“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:
- Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bagʻrikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zoʻravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan gʻoyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olingandan keyin amalga oshiriladi;
- diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:
- yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, ushbu materiallarni olib kirish va tarqatishga qoʻyiladigan talablar;
- dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish uchun vakolatli organga murojaat qilish tartibi;
- dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish shartlari, muddatlari va dinshunoslik ekspertizasi xulosasini rasmiylashtirish tartibi.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 14.04.2022-yildan kuchga kirdi.