Fuqaroning murojaati bo‘yicha elchixona xodimlari tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. Qisqa vaqt ichida konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilib, ona va bolani Vatanga qaytarish uchun barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.
Elchixona tomonidan Misrdan Mavritaniyaga hujjatlarni yetkazib berish tashkil etildi, bu ona va bolaning O‘zbekistonga xavfsiz qaytishiga imkon berdi.