“The Local” nashri xabar berishicha, mazkur shaharda jamoat joylarida pista chaqish taqiqlandi.
Shahar maʼmuriyati bunday qaror qabul qilishiga sabab koronavirus tarqalishining oldini olish boʻlib, jamoat joylarida nafaqat pista, balki boshqa yengil yeguliklar va shirinliklar yeyish ham taqiqlanadi.
Shahar meri Xuan Pedro Domingo bolalarning koʻcha-koʻyda qoʻlidagi yeguliklarni boshqa tengqurlari bilan baham koʻrishi kasallikni yuqtirish ehtimolini kuchaytirishini taʼkidladi.
Bundan tashqari ayrim fuqarolar pista poʻchogʻini koʻchalarga tashlab ketadi.
“Koʻchalar boʻsh vaqtida pista chaqqan odamlar tashlagan poʻchoqlar uyumi bilan toʻlib ketadi”, — deyiladi xabarda.
Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan supermarketdan sotib olingan alkogolni koʻchada ichish ham taqiqlandi.