Baʼzan oʻz imkoniyatlarimizdan bir necha barobar ogʻir yumushlar sogʻligʻimizga zarar ekanini bilsakda, koʻzni chirt yumib, oʻsha ishga qoʻl uramiz. Masalan, disk churrasi nimaning hisobiga kelib chiqishini bilmaydigan odamning oʻzi boʻlmasa kerak.
Eng birinchi oʻrinda ogʻir yuk koʻtarish, tanani imkonidan ortiqcha narsaga zoʻrlash. Shu maʼnoda belgilangan yuk koʻtarish normalarini bilishimiz va doimo yodda saqlashimiz sogʻligʻimiz uchun zarur.⠀Orqaga ortib yuk koʻtarish inson tana vaznining 10 foizidan oshmasligi zarur. ⠀
Ayniqsa, maktab oʻquvchisining tana vazni 35 kg boʻlsa, uning sumkasi (kitob-daftarlari bilan birga) 3.5 kg.dan oshmasligi kerak.⠀
Yukni oʻrnidan qoʻzgʻatish yoki qoʻlda koʻtarib turish uchun: erkaklar 25 kg va ayollar 16 kg.dan ortiq yuk koʻtarmasligi zarurligini bilishimiz lozim.
Yukni yelka balandligida koʻtarish uchun erkaklar 10 kg va ayollar 7 kg.dan ortiq koʻtarmasligi kerak.⠀
Yukni yelkadan tepaga koʻtarish uchun erkaklar 5 kg va ayollar 3 kg.dan ortiq koʻtarmasligi kerak.
Yuqorida belgilangan normalardan ortiq yuk koʻtarish sogʻligʻingizga salbiy taʼsir qiladi!