Hujjatga koʻra, quyidagi takliflarga ruxsat berilmoqda:
- dissertatsiya tayyorlamasdan oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar kengashlari qarori bilan nashr etilgan yakka mualliflikdagi monografiya taqdimnomasi muhokamasi asosida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qaroriga koʻra falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish;
- dissertatsiya tayyorlamasdan aniq vazifalarni hal etish boʻyicha ilmiy ishlanmalar, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan ilgʻor texnologik ishlanmalar muallifiga taqdimnomani Yoshlar akademiyasi Kengashning tavsiyasi asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish (tibbiyot fanlari bundan mustasno);
- dissertatsiya tayyorlamasdan muayyan tarixiy, siyosiy, arxitektura va sanʼatshunoslik yoʻnalishidagi tadqiqot natijalari boʻyicha kamida toʻrtta ilmiy yangiligi taqdimoti “Oʻzbekiston tarixi” telekanalida oʻtkazilgan va ilmiy yangiliklari badiiy yoki hujjatli filmlar ssenariylarida foydalanilganligi boʻyicha taqdimnoma va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qarori asosida tadqiqot muallifiga oʻrnatilgan tartibda tarix, siyosiy, arxitektura va sanʼatshunoslik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish;
- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tarkibiga Xirsh indeksi kamida ikki boʻlgan yuqori malakali va tajribali professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi, falsafa doktorini (PhD) kiritish;
- dissertatsiyalarni yetakchi tashkilotda qoʻshimcha muhokamadan oʻtkazish tartibini bekor qilish;
- ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda talabgorlarni ilmiy darajada tasdiqlashni “ochiq” ovoz berish yoʻli bilan tasdiqlash amaliyotini yoʻlga qoʻygan holda ilmiy kengashda ovoz berish jarayonini oʻtkazuvchi hisob komissiyasini tuzish va “yopiq” ovoz berish tartibini bekor qilish;
- barcha fanlar boʻyicha dissertatsiyalarning ilmiy seminarlardagi muhokamasi va ochiq himoyasini oʻtkazish jarayonini internet tarmogʻi orqali real vaqt rejimida kuzatish amaliyotini joriy etish.
Qayd etilishicha, 2023-yil 1-yanvardan boshlab,
- falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga talabgorlar tomonidan “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ilmiy-texnik bazalar roʻyxatidagi nufuzli ixtisoslashgan ilmiy nashrlarda maqolalar chop etish talabi bosqichma-bosqich joriy qilinadi;
- oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga talabgorlarni qabul qilishda ularning tayyorgarlik darjasini baholash sifatini oshirish va ularning mazkur institutlarga qabul qilinganidan keyingi davrini toʻlaligicha tadqiqot sifatiga qaratish maqsadida malakaviy imtihonlarni qabul qilish amaliyoti bekor qilinadi.
Shuningdek, sinov tariqasida uch yil muddatga 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
jamiyatni maʼnaviy yuksaltirish va taʼlim-tarbiya jarayoni sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan tarix, falsafa, filologiya, yuridik, arxitektura, sanʼatshunoslik, pedagogika va psixologiya fanlari boʻyicha talabgorlarni falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalari mustaqil tasdiqlash vakolati oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarga;
ilmiy unvonlarda mustaqil tasdiqlash vakolati akademik va moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim tashkilotlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar kengashlariga beriladi.









