Unda jahonning turli qitʼalaridan 20 nafar nomzod ishtirok etdi.

Saylov natijasiga koʻra, Diyora Keldiyorova 2025–2029-yillar davomida komissiya aʼzosi etib saylandi.

Diyora Keldiyorova Parij-2024 Olimpiadasida mamlakatimiz tarixidagi ilk dzyudo boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, endi u IJFning muhim organlaridan biri — Atletlar komissiyasida ham Oʻzbekiston nomidan faoliyat olib boradi.