баннер
16 Mar 2025
08:07

    “Dom”da yashovchilar qoʻshnisi qarzdor boʻlsa issiqlik taʼminotidan uzilishi yolgʻon

    Ijtimoiy tarmoqlarda koʻp kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi qoʻshnilarning isitish tizimidan qarzi mavjudligi sababli, butun turar-joy binosida issiqlik taʼminotining oʻchirilishi haqida xabarlar tarqaldi.

    Veolia Energy Tashkent kompaniyasi mazkur tarqalayotgan notoʻgʻri maʼlumotlarga javoban berdi.

    Qayd etilishicha, qoʻshnilarning qarzi tufayli kommunal xizmatlarning oʻchirilishi haqidagi xabar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

    "Biz kommunal xizmatlar sifatiga boʻlgan eʼtiboringizni yuqori baholaymiz, shunday ekan, issiqlikni barqaror hamda uzluksiz taʼminlash maqsadida barcha chora-tadbirlarni koʻrayotganimizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.
    Faqatgina Kompaniyamizning rasmiy manbalariga tayanishingizni va tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatishdan saqlanishingizni iltimos qilamiz.
    Vaziyatni toʻgʻri tushunganingiz va hamkorligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz! Birgalikda shahrimizda qulay yashash shartlarini va yanada rivojlanish zarur sharoitlarini yaratamiz, — deyiladi kompaniya xabarnomasida.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech