Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan 16-son shahar kasalxonasidagi qurilish-montaj ishlari yakunlanib, insinerator uskunalari olib kelindi va ilk zavod oʻz ishini boshladi.
Hozirda ushbu zavodda kuniga 3 tonna miqdoridagi tibbiyot chiqindisi yoqilib, bartaraf etilmoqda. Zavod kuniga 20 soatda 6 tonna chiqindi yoqish quvvatiga ega.
Taʼkidlash joizki, bu kabi tibbiyot chiqindilarini samarali utilizatsiya qilishga moʻljallangan navbatdagi zavodlarning qurilishi Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Toshkent Tibbiyot akademiyasining 2-klinikasi (ToshMI) hamda Toshkent tumanidagi Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti (SamPI) tibbiyot muassasalarida qizgʻin davom etmoqda.








