Hujjat bilan dori vositalari (substansiyalar bundan mustasno) va tibbiy buyumlarni guruhlarga boʻlinishini nazarga tutgan holda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini 2022-2025-yillar davomida bosqichma-bosqich joriy qilish nazarda tutilgan.

Majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari hamda mahsulotlar turlari quyidagicha belgilandi:

  • birinchi guruh - ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (orfan dori vositalari bundan mustasno) - 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab;
  • ikkinchi guruh - birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari va dorivor angro - mahsulotlari (orfan dori vositalari bundan mustasno) - 2022-yil 1-noyabrdan boshlab;
  • uchinchi guruh - orfan dori vositalari (kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun) - 2023-yil 1-martdan boshlab;
  • toʻrtinchi guruh - maxsus roʻyxatga kiritilgan import qilingan tibbiy buyumlar - 2025-yil 1-fevraldan boshlab.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Majburiy raqamli markirovkalanadigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning identifikatsiya kodlari roʻyxati;
  • Dori vositalari va tibbiy buyumlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafigi;
  • Dori vositalari va tibbiy buyumlarni xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafigi;
  • Ulgurji va chakana savdo tashkilotlarining dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtishi grafigi;
  • Sogʻliqni saqlash sohasidagi tibbiyot muassasalarining dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtishi grafigi;
  • Dori vositalari va tibbiy buyumlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 02.04.2022-yildan kuchga kirdi.