Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Boʻstonliq tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

“A.A.” MCHJ menejeri V.X. va boshqalar dori vositalarini dorixonalardan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni koʻzlab, fuqaro A.S.ga tegishli hujjatlari boʻlmagan 45 ming dona “Seftriakson” nomli dori vositasini 131,4 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.