Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.” MCHJ farmatsevti G.O. dori vositalarini sotuvidan tushgan 114 mln soʻmni jamiyat hisob raqamiga kirim qilmasdan oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.