Qirollik havo kuchlarining Typhoon qiruvchi samolyotlari NATOning “Sharqiy kuzatuv” operatsiyasi doirasida Polsha havo hududini himoya qilish missiyasida ishtirok etadi. Ularning vazifasi Rossiya havo tahdidlariga, shu jumladan uchuvchisiz uchoqlarga qarshi turishdir. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumatining 15-sentabr, dushanba kuni e'lon qilingan press-relizida aytilgan.
Shunday qilib, Buyuk Britaniya harbiy aviatsiyasi NATOning sharqiy qanoti himoyasini kuchaytirish uchun boshqa davlatlar, jumladan Germaniya, Daniya va Fransiya kuchlariga yordam beradi, deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, bu qadam London tomonidan “Rossiya uchuvchisiz uchoqlarining Polsha suveren havo hududiga o'ylamasdan va xavfli bostirib kirishi – NATO havo hududini Prezident Putin tomonidan shu kungacha bo'lgan eng jiddiy buzilishi – va keyinchalik Rossiyaning uchuvchisiz uchog'i tomonidan Ruminiya havo hududini buzishidan bir necha kun o'tib qabul qilingan, deb xabar berdi dw.com.








