Qayd etilganidek, dunyo bo'yicha o'tgan yil 5 avgust holatida 200, 9 noyabr holatida 250, joriy yilning 8 yanvar holatida 300 million nafar odam koronavirusga chalingan. 25 yanvarga kelib, kasallikka chalinganlar soni 350 million nafardan oshdi.

Koronavirusga chalinish bilan bog'liq eng ko'p holat AQSH (75,7 million nafar), Hindiston (42,2 million nafar) hamda Braziliya (26,4 million nafar) da qayd etildi, deya xabar beradi korrespondent.net.