Dunyo koronavirus pandemiyasining yangi to'lqini boshlanishida turibdi

    Bu haqda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ma'lum qildi.

    «Hozirda uchinchi to'lqinning ilk bosqichidamiz», — dedi u. Gebreyesus 10 haftalik pasayishdan so'ng o'lim holatlari o'sganiga e'tibor qaratdi.

    Uning so'zlariga ko'ra, koronavirusning «del`ta» varianti kasallik yuqishi ko'rsatkichlari o'sishining asosiy omili hisoblanadi.

    JSST bosh direktori hindcha shtamm dunyoning 111 mamlakatida qayd etilganini ta'kidladi. Koronavirusning hindcha mutatsiyasi yoki «delta» shtammi mart oyida Maharashtra shtatida aniqlangandi.