Festival doirasida “Jahon mamlakatlari kino kunlari” oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, unda 10 dan ortiq davlatlarning kinolari namoyish qilinadi. Rossiya, Turkiya, Koreya, Italiya, Polsha, Ozarbayjon, Hindiston, Belarus, Misr, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikiston shular jumlasidan.

Kinofestival boshlanishiga juda oz fursat qoldi. Toshkent Xalqaro Kinofestivalining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻlib, kinofestivalning faol kuzatuvchisiga aylanishingiz mumkin!