Masalan, o'tgan hafta davomida jahonda koronavirus infektsiyasini yuqtirgan bemorlar soni 14-20 mart sanalariga nisbatan 14 foizga kamayib, 10,8 million nafarni tashkil etdi. Albatta, bu ijobiy holat. Ammo ushbu ko'rsatkichlar orqali dunyoda epidemiyaning salbiy ta'siri pasayib bormoqda, deya xulosa chiqara olmaymiz. Nega? Chunki 21-27 mart oralig'ida COVID-19 tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni undan avvalgi haftaga qiyoslaganda 43 foizga oshgan. YA'ni kasallikdan 45,7 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Ba'zi mutaxassislar fikricha, mazkur holat “omikron”ning er yuzida keng tarqalayotgan yangi VA.2 mutatsiyasi avvalgi subvariantga nisbatan birmuncha asoratli ekani bilan bog'liq. Qolaversa, JSSTning fikricha, bu raqamlar Chili, AQSH, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasi davlatlarida o'lim ko'rsatkichlarini aniqlash va qayd etish mezonlariga o'zgartirish kiritilgani bilan bog'liq bo'lishi ham mumkin.

O'tgan haftada koronavirusni yuqtirish bilan bog'liq sezilarli pasayish tendentsiyasi barcha mintaqalarda kuzatilgan. Misol uchun, Sharqiy O'rta er dengizi mintaqasi mamlakatlarida 32, Afrikada 29 va G'arbiy Tinch okeani mintaqasi davlatlarida kasallanish 24 foiz kamaydi. Evropada bu ko'rsatkich 4 foizni tashkil etdi.

O'lim holatlari Janubiy va SHimoliy Amerikada 182, Janubi-Sharqiy Osiyoda esa 116 foizga oshgan. Qolgan mintaqalarda buning aksi qayd etildi. Jumladan, mazkur infektsiyadan o'limlar miqdori Afrikada 30, Sharqiy O'rta er dengizi mintaqasida 22 hamda Evropada 17 foiz pasaygan.

O'tgan haftada koronavirus tashxisi qo'yilgan eng ko'p bemor Koreya Respublikasida ro'yxatga olingan — 2,4 million nafar. Ikkinchi o'rinni 1,5 milliondan ziyod ko'rsatkich bilan Germaniya band etdi. V`etnam esa uchinchi o'rinda — mamlakatda 1,1 milliondan ortiq odam koronavirusni yuqtirgan. To'rtinchi o'rinni 846 mingga yaqin holat bilan Frantsiya, beshinchi pog'onani esa 503 mingdan ortiq bemor bilan Italiya egalladi.

Jahonda COVID-19dan o'lim ko'rsatkichlarining katta qismi CHilida qayd etildi — qariyb 12 ming nafar. Ikkinchi o'rinda — AQSH. Mamlakatda hafta davomida 5,3 mingdan ziyod bemor xastalikdan vafot etdi. Hindistonda esa bu ko'rsatkich 4,5 ming nafarni tashkil etdi.

Shu bilan birga, Rossiyada 2,8 ming nafardan ortiq hamda Koreya Respublikasida 2,5 ming nafarga yaqin bemor koronavirus qurboniga aylandi.

Sog'liqni saqlash vazirligi

matbuot xizmati