Bu haqda uning oilasi “X” ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
U AQShda tug'ilgan va ikkita jahon urushi, Ispaniya fuqarolar urushi, 1918-yilgi gripp va COVID-19 pandemiya davrida yashab o'tdi.
“Mariya Branyas bizni tark etdi. U xohlaganidek vafot etdi: uyqusida, og'riqsiz”, deyiladi xabarda.
Dunyodagi eng keksa ayolning yoshi Amerika gerontologik tadqiqot guruhi va LongeviQuest tashkiloti tomonidan tasdiqlangan.
Ularning ma'lumotlariga ko'ra, Branyas vafotidan keyin dunyodagi eng keksa odam 1908-yil 23-mayda tug'ilgan yaponiyalik Tomiko Itooka hisoblanadi. Hozir u 116 yoshda, deb xabar beradi report.az.