Etel 1909-yil 21-avgust kuni Shipton-Bellindjer qishlogʻida dunyoga kelgan. Yoshligida u hukumat xizmatchisi sifatida Hindistonga yoʻl olgan va 1933-yilda Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari podpolkovnigi Norman Katerxemga turmushga chiqqan.
Oila Honkong va Gibraltarda yashagan, ularning ikki nafar qizi dunyoga kelgan. 1976-yilda turmush oʻrtogʻi vafot etgan. Etel esa hozirgi kunda dunyodagi eng qariya inson hisoblanadi.
“Etel va uning oilasi joriy yilda 116 yoshini nishonlashi munosabati bilan yoʻllangan barcha ezgu tilaklar va eʼtibor uchun minnatdorlik bildiradi”, — deyiladi uning keksalar uyi bayonotida.
Yubiley keksa ayolning oilasi ishtirokida Laytvoter shaxridagi keksalar uyida nishonlandi. Etel jurnalistlarga intervyu berishni istamadi. Uning haziliga koʻra, u faqatgina oʻtgan yili 115 yoshga toʻlganida tabriknoma yoʻllagan qirol Karl III uchun istisno qilishga tayyor ekan.
Soʻnggi yillarda 100 yoshdan oshgan insonlar soni tobora ortib bormoqda. Masalan, 2022-yilda Germaniyada 16 mingdan ziyod, Buyuk Britaniyada esa 15 mingdan ortiq qariya yashagan.
Tarixdagi eng uzoq umr koʻrgan inson — fransuz ayoli Janna Luiza Kalman hisoblanadi. U 1997-yilda 122 yosh va 164 kunlik umr bilan vafot etgan.