Xitoy olimlari yosh bilan bogʻliq ushbu xastalik Alsgeymer xavfini oshirishini aniqladi. Buning uchun suyaklardan ajralib chiqadigan sklerostin moddasi odam aqliy qobiliyati va ruhiy holatiga qanday taʼsir qilishi tadqiq etildi.
Maʼlum boʻlishicha, keksa bemorlar suyaklarida koʻp miqdorda sklerostin hosil boʻlib, soʻng butun tana boʻylab tarqaladi. Mutaxassislar mazkur modda qon tarkibi va orqa miya suyuqligida ayniqsa yuqori darajasida boʻlishini oʻrgandi.
Xoʻsh, bu nimani anglatadi?
Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, sklerostin moddasi neyronal signal uzatilishiga toʻsqinlik qilib, asab hujayralari yaxlitligini buzadi. Bu jarayon kognitiv qobiliyat pasayishi bilan namoyon boʻladi.
Vaholanki, shu paytgacha osteoporoz Alsgeymer kasalligiga chalingan bemorlarda, jismoniy faollik va D vitamini yetishmasligi oqibatida rivojlanadi, deb qaraladi. Xitoy tadqiqotchilari esa buning aksini isbotlashdi.
Mutaxassislar xulosasiga koʻra, ushbu yangilik neyrodegenerativ kasalliklarni davolashda ilgʻor yondashuvlarni ishlab chiqish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.