Dunyodagi eng yirik shamol elektrstantsiyalaridan birining qurilishi rejalashtirilmoqda

    Investitsiyalar 9 Iyun 2020 2983

    BAAning "Masdar" xalqaro kompaniyasi Navoiy viloyatida dunyodagi eng katta shamol elektrostantsiyalaridan birini quradi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.

    500 MVt quvvatga ega shamol elektrstantsiyasini qurish va foydalanish bo'yicha investitsiya shartnomasi imzolanishi kutilyapti. "Masdar" uchun bu O'zbekistondagi ikkinchi yirik loyihadir.

    O'tgan yilning oktyabr oyida kompaniya Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stanttsiyani qurish bo'yicha tenderda g'olib bo'lgandi. 2020 yilning yanvar oyida mazkur loyihani amalga oshirish bo'yicha hujjatlar imzolangan.

    YAngi elektr stantsiyasi qo'shimcha ish o'rinlarini yaratibgina qolmay, balki arzon elektr energiyasini ishlab chiqarishni yiliga 1,9 gigavatt soatgacha oshirish imkonini beradi. Bu esa 500 mingdan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun etarli hisoblanadi.

    Zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan tabiiy gazdan foydalanishni 175 million kubometrgacha qisqartirish va atmosferaga chiqadigan karbonat angidrid chiqindilarini yiliga 1,1 million tonnaga kamaytirishga yo'naltirilgan.
    Qurilish ishlari 2020-2023 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.