BMT Bosh kotibining taʼkidlashicha, 2030-yilga kelib sayyoramizning barcha aholisini internetga ulash uchun 428 milliard AQSH dollari sarflash kerak boʻladi.

Hisobotda aytilishicha, 2019-yilda, COVID-19 pandemiyasi boshlanishidan oldin, rivojlangan mamlakatlarda odamlarning 87 foizi, kam rivojlangan mamlakatlarda esa 19 foizi internetdan foydalangan.

Qayd etilishicha, internetga ega boʻlmagan dunyo aholisining 60 foizga yaqini qishloqlarda yashaydi.

Kerak boʻlayotgan mablagʻning aksariyat qismi esa Afrikaga yoʻnaltiriladi.