Reytingga koʻra, birinchi qatorni dunyodagi eng yirik “Walmart“ supermarketlar tarmogʻiga ega boʻlgan amerikalik Uoltonlar oilasi egalladi. Liderlarning boyligi 2019-yilga nisbatan 23 milliard dollarga oʻsdi va 238,2 milliardga baholandi.
Ikkinchi oʻringa «Mars” shokoladli bar ishlab chiqaruvchisi boʻlgan Mars oilasi loyiq koʻrildi. Ularning boyligi 141,9 milliard dollarga yetgan. Kuchli uchlikni 111,6 milliard boylikka ega boʻlgan “Hermes” moda uyiga egalik qiluvchi fransuz Herme oilasi yakunlagan.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda dunyodagi eng boy 25 oilaning boyligi 312 milliard dollar yoki 22 foizga oshgan.
Nasiba TOʻXTAYEVA