Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida oʻtkazilgan tezkor-tadbirda fuqaro A.I.ni 30 000 AQSH dollari evaziga Turkiya davlati orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga noqonuniy ravishda ishga yubormoqchi boʻlgan shaxs Z.N.ni 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida qoʻlga oldi.
Yana bir holatda, hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.R. va boshqalar fuqaro A.S.ni 20 000 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida AQSHga yuborishga kelishib, shundan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.