Mutaxassislar tahlillariga ko‘ra, bunday qo‘ng‘iroqlar oddiy telefon orqali emas, balki internet va maxsus dasturlar orqali amalga oshirilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, firibgarlar maxsus texnologiyalar orqali o‘z raqamlarini yashirib, telefon ekranida istalgan davlat raqamini ko‘rsatishi mumkin. Bu holatda qo‘ng‘iroq kim tomonidan va qayerdan amalga oshirilganini aniqlash ancha qiyinlashadi. Chunki bunday raqamlar SIM-kartaga bog‘liq bo‘lmaydi va vaqtinchalik soxta raqamlar hisoblanadi.
Bunday qo‘ng‘iroqlar abonentlar uchun bir qator xavflarni keltirib chiqaradi. Xususan, xorijiy raqamlarga qayta qo‘ng‘iroq qilinganda telefon balansidagi mablag‘ yechib olinishi mumkin.
Shuningdek, firibgarlar o‘zlarini turli tashkilot xodimi sifatida tanishtirib, shaxsiy maʼlumotlar va bank kartasi kodlarini bilib olishga urinadi.
G‘ushakni ko‘tarish raqamingizning faol ekanini bildiradi va bu keyingi firibgarlik hujumlari soni oshishiga olib keladi.
Bundan tashqari, ovoz yozib olinib, keyinchalik sunʼiy intellekt orqali soxtalashtirilishi va yaqinlaringizni aldash uchun ishlatilishi mumkin.
Davlat xavfsizlik xizmati fuqarolarga notanish va shubhali chet el raqamlaridan bo‘layotgan qo‘ng‘iroqlarga javob bermaslik, ularga qayta qo‘ng‘iroq qilmaslik, bunday raqamlarni bloklash hamda shaxsiy maʼlumotlarni begonalarга oshkor qilmaslikni tavsiya etdi.